Jahon | 22:00 / 04.09.2015
5451
2 daqiqa o‘qiladi

Rossiya Xitoyning yetakchi savdo hamkorlari o‘ntaligidan chiqib ketdi

Rossiyaning Xitoydagi sobiq savdo vakili Sergey Tsiplakov Rossiya va Xitoy o‘rtasidagi o‘zaro savdo munosabatlari muammolari va istiqbollari haqida o‘z fikrlarini aytib o‘tdi. Uning aytishicha, Rossiya va Xitoy o‘rtasida savdo aylanmasining qisqarishi Rossiyaning Xitoy savdo hamkorlari yetakchi o‘ntaligidan chiqib ketishiga olib keldi. 

“Savdo aylanmasi bo‘yicha Rossiyadan nafaqat BRIKS bo‘yicha hamkorlari: Hindiston va Braziliya, balki Vetnam, Buyuk Britaniya, Niderlandiya ham o‘zib ketdi. Rossiyaning Xitoydagi tashqi savdo aylanmasi 2014 yilning birinchi yarmidagi 2,2 foizdan joriy yildagi 1,65 foizga kamayib ketdi. Rossiya pozitsiyalarining Xitoy yo‘nalishida bunday zaiflashishi juda xavotirli signal hisoblanadi” deb aytmoqda Tsiplakov.
Uning aytishicha, Rossiya bu borada 9-o‘rindan 15-o‘ringa tushib ketdi.
“Birinchidan, pasayish ertami-kechmi tugaydi va boy berilgan pozitsiyalarni kurash orqali qayta egallash vaqti keladi. Aynan kurash bilan, chunki Xitoy bozoridagi ulush uchun kurash borgan sari keskinlashib boradi. Shu bilan birga bu bozor Rossiya eksportining an'anaviy mahsulotlari segmentida o‘n yil avvalgidek uncha ham o‘smaydi. Bizning asosiy raqiblarimizdan ko‘pchiligi (Avstraliya, Indoneziya) Xitoy bilan erkin savdo haqidagi kelishuvga egaligi sabab ustuvor tartibga ega. Rossiyada esa bunday ustunlik yo‘q”, deb aytmoqda Tsiplyakov.
Xitoy bilan investitsion hamkorlik istiqbollariga “Xitoyda importning keskin siqilishi” ham salbiy ta'sir ko‘rsatishi mumkin. Savdo aylanmasining pasayishi investitsion optimizni yo‘qqa chiqarib, uni faqatgina neft-gaz tarmog‘idagina qoldirishi mumkin.