O‘zbekiston | 19:33 / 04.09.2015
2052
1 daqiqa o‘qiladi

Shanxay Xalqaro tadqiqotlar universitetida o‘zbek tili kafedrasi ish boshlaydi

Shanxay Xalqaro tadqiqotlar universitetining veb-sahifasida “O‘zbekistonning eng yangi tarixi va Xitoy bilan nuqtai nazarlar mushtarakligiga asoslangan hamkorligi” sarlavhali maqola e'lon qilindi.

Unda O‘zbekiston davlatchiligining qaror topishi va rivojlanishi jarayonlari hamda O‘zbekiston - Xitoy munosabatlarining hozirgi holati va istiqbollari haqidagi fikr-mulohazalar qalamga olingan, deb xabar beradi Jahon AA.

Qayd etilishicha, joriy yilning kuzida Shanxay Xalqaro tadqiqotlar universitetida o‘zbek tili kafedrasi ish boshlaydi.

Ma'lumot uchun, 2013 yildan boshlab Shanxay universiteti huzuridagi ShHT Jamoat diplomatiyasi ilmiy-tadqiqot instituti bazasida «O‘zbekiston tadqiqotlari va ma'rifiy almashuvlar markazi» faoliyat ko‘rsatmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish