Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiyada halok bo‘lgan suriyalik 3 yoshli muhojir bolaning suratlari dunyoni larzaga keltirdi
2 sentabr kuni Turkiyaning Bodrum kurort shahrining dengiz qirg‘og‘ida suriyalik 3 yoshli qochqin bolakayning jasadi topildi. Voqea joyidan olingan fotosuratlar butun jahon hamjamiyatini larzaga soldi. Ular Yevropaning eng ommabop nashrlarining bosh sahifadan o‘rin oldi.

Aylon Kurdiyning otasi

Aylon va uning akasi G‘olib
The Huffington Post nashrining yozishicha, “suriyalik bolakay jasadining mudhish suratlari qochqinlar ichida qurbonlar sonining nihoyatda ko‘pligini va Yevropada migratsion inqiroz boshlanganini yana bir bor ko‘rsatib berdi”.
Aytilishicha, Bodrumning Gretsiyaning Kos oroliga suriyalik qochqinlarni olib ketayotgan 2ta qayiq ag‘darilib ketgan. Ushbu qayiqlarda bo‘lgan 12 kishi, shu jumladan, 4 nafar bola va 1 nafar ayol halok bo‘lgan. Ular orasida tirik qolgan qochqin Abdulla Kurdiyning 3 va 5 yoshli farzandlari Aylon va G‘olib, shuningdek, rafiqasi Reyhon bo‘lgan.

Oila shu paytgacha Suriyaning Kobani shahrida istiqomat qilib kelgan.
“Men farzandlarimni oxirgi marta ko‘rib, ular bilan birga qolmoqchiman”, - deydi yolg‘iz qolgan ota.
Abdulla katta o‘g‘li G‘olibning va rafiqasining ham tanalari topilishi, ularni Kobanida dafn etish imkoniyati bo‘lishiga umid qilmoqda.
“Fotosuratlar ixtilofdan qochib, yaxshi hayot qidirib Yevropaga ketayotgan yuz minglab qochqinlar chegaralardan o‘tishda qanday xavf-xatarga duchor bo‘lishi mumkinligini yaqqol ko‘rsatadi”, - deb yozadi mahalliy gazetalardan biri.
“O‘ylashimcha, bu foto Yevropaning ushbu juda chuqur inqirozning realliklarini nazoratga olish borasidagi to‘la mag‘lubiyatini aks ettiradi”, - dedi Human Rights Watch tahlilchisi Piter Bukert.
Shunga qaramay, Yevropa diplomatiyasi rahbari Federika Mogerini bolaning suratlar atrofidagi shovshuvni “spekulyatsiya” deb baholadi.

“Inson sifatida men ushbu fotodan dahshatdaman. Ammo norasmiy jihatdan, axir bugun biz norasmiy uchrashuvdamiz, aytishim mumkinki, siyosatchilarning bunday voqealarga hissiyot bilan yondashishidan charchadim. Siyosatchilar vazmin, puxta o‘ylangan qarorlar qabul qilishi, muammolarga aynan shunday yondashishi kerak, ular hissiyotlarga berilmasligi kerak”, - dedi Mogerini xonim.
Beayb go‘dakning qismati rassomlarni ham befarq qoldirmadi. Ular ushbu mavzu yuzasidan ko‘plab suratlar ishlab, internet orqali tarqatdilar.
Ulardagi aks ettirilgan yurak iztiroblarining izhori shuni anglatadiki, biz qayerda bo‘lmaylik bunga befarq bo‘lmasligimiz kerak. Zero Aylon va G‘olib kabi bolalar bu tarzda o‘lim topmasligi lozim.
3 yoshli Aylon Kurdiyning jasadi mana shu holda topilgan

Butun dunyodagi rassomlar esa bu holatga mana shunday javob qaytarmoqdalar:
1. Ana endi buni ko‘ra olyapsizmi?

2. Biz inson sifatida o‘zligimizni yo‘qotib boryapmiz, odamlar esa endilikda chegaralarda halok bo‘lishadi

3. Hikoya mana bu tarzda yakunlanishi kerak edi...

4. Xudo doim sen bilan, jajji farishta. Suriyalik Aylanning o‘limi Gunduz Agayev ijodida

5. Uxlashmoqda

6. Yetakchilar tomosha qilmoqda

7. Insoniyat qirg‘oqni yuvdi

8. Insoniyat qirg‘oqni yuvdi

9. Suriya quchog‘idan cho‘kib ketish uchun Turkiya dengizigacha

10.Eng issiq quchoq

11. Yaramas dunyoni tark etmoqda

12. Suv bu hayot

13.

14. Insoniyatning hozirgi yuzi

15. Inqiroz ramzi

16. O, delfinga qara

17. Insoniyat qirg‘oqni yuvdi

18. Insoniyat hali ham uyquda

19. Spektakllar jamiyati

20. Arab!!!

21. Insoniyat qirg‘oqni yuvdi

22. Aylan Kurdi 2012-2015

23. Rafat al-Xateb

24. Men buni bir necha hafta avval chizgan edim. Endi esa uning o‘zgacha mazmuni borligini tushunyapman

25.

Muallif: Eldor Asanov