Jahon | 01:10 / 04.09.2015
3148
1 daqiqa o‘qiladi

Ukraina Oliy radasida Kobzon va Baskovni Ukraina xalq artisti unvonidan mahrum qilish taklif qilinmoqda

Ukraina Oliy radasida bir qator ijrochilarni Ukraina xalq artisti unvonidan mahrum qilish haqidagi qonun loyihasi ro‘yxatdan o‘tkazildi, deb xabar bermoqda UNIAN nashri.

Qonun loyihasi muallifi “Blok Petra Poroshenko” fraksiyasi xalq deputati Ivan Melnichuk hisoblanadi. Uning aytishicha, qonun loyihasida Ani Lorak, Taisiya Povaliy, Iosif Kobzon va Nikolay Baskovni Ukraina xalq artisti unvonidan mahrum qilish taklif qilinmoqda.

Partiya matbuot xizmatida bundan asosiy maqsad “madaniyat, san'at va shou-biznes vakillari tomonidan Ukrainaga qarshi faollikni qoralash” hamda ularga nisbatan xalq artisti unvonidan mahrum etish ko‘rinishida javobgarlikni qo‘llashdan iborat.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish