Texnologiya | 17:37 / 04.09.2015
2429
1 daqiqa o‘qiladi

Volkswagen Kalugada dvigatel ishlab chiqaruvchi zavodni ishga tushirdi

Germaniyaning Volkswagen avtokonserni Rossiyaning Kaluga shahrida dvigatel ishlab chiqaruvchi zavodni ishga tushirdi. Bu haqda Interfaks agentligi xabar bermoqda.

Zavodning ochilishi marosimida Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedev, viloyat hokimi Anatoliy Artamonov, avtokonsernning Rossiya ofisi bosh direktori Markus Ozegovich, shuningdek, Chexiya va Germaniya elchilari ishtirok etdi.
Ishlab chiqarishni tashkil etishga 250 mln dollar investitsiya kiritildi. Korxona yiliga 150 ming motor ishlab chiqarish salohiyatiga ega.

U Volkswagen Polo va Skoda Rapid modellari uchun 1.6 l li motorlar ishlab chiqaradi. Lokalizatsiya hajmi 30 foizni tashkil qiladi.
Dvigatellar konsernning Kalugadagi zavodiga yetkazib beriladi. Ushbu zavod Nijniy Novgoroddagi GAZ guruhi korxonasi negizida tashkil etilgan edi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish