O‘zbekiston | 10:16 / 05.09.2015
1699
2 daqiqa o‘qiladi

“O‘zekspomarkaz”da Respublika konferensiya-seminari bo‘lib o‘tadi

2015 yilning 8 sentabr kuni “O‘zekspomarkaz ”ning konferens-zalida “Mamlakatimizda 2015-2019 yillarda ishlab chiqarishni tarkibiy o‘zgartirish, modernizatsiya va diversifikatsiya qilishni ta'minlash bo‘yicha chora-tadbirlar Dasturini hayotga tadbiq etishda huquqni muhofaza qiluvchi organlarning o‘rni va mas'uliyatini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi Respublika konferensiya-seminari bo‘lib o‘tadi.

Tadbir “Huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi organlarning xususiy mulkning huquqiy himoyasi, tadbirkorlik sub'yektlarining huquqlari va kafolatlarini ta'minlash borasidagi ishlarini faolllashtirish” , “Xususiy mulk va tadbirkorlik sub'yektlarining huquqiy himoyasini kuchaytirishga yo‘naltirilgan qonun normalarini amalga oshirishda sud organlarining roli” va “Tadbirkorlik faoliyati bilan bog‘liq barcha turdagi ro‘yxatdan o‘tkazish, ruxsat berish va litsenziyalash tartib-taomillarini yanada soddalashtirish borasida davlat organlarining vazifalari” kabi seksiyalarda o‘z ishini olib boradi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish