Jamiyat | 19:24 / 05.09.2015
9721
2 daqiqa o‘qiladi

“Sharq taronalari” festivalining yopilish marosimi mega shou tusini oldi

X “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivalining bu yilgi tantanali yopilish marosimi ulug‘vor tomoshaga aylandi. Registon maydoniga yig‘ilgan yuzlab chet ellik mehmonlar hamda tomoshabinlar ansambl fasadiga tushirilgan uch o‘lchamli (3Dmapping formatidagi) g‘aroyib tasvirlar video ketma-ketligiga guvoh bo‘lishdi.

Sababi Markaziy Osiyo hududida birinchi bor, aynan mazkur nufuzli san'at anjumani doirasida, Registon maydonida ajoyib yog‘duli-musiqiy shou - 3Dmapping namoyish etildi. Samarqand aholisi va mehmonlari guvoh bo‘lgan ushbu 7 daqiqalik namoyishda tarixiy siymolar uch o‘lchamli tasvirlarda gavdalantirildi.

Dunyoning yirik shaharlarida namoyish qilinadigan ko‘ngilochar shoulardan farqli ravishda Registon maydonidagi tomosha aniq tarixiy dalillar va voqealarga asoslangan. Registonda 3Dmapping formatidagi yog‘duli musiqiy tomoshalar namoyishi yurtimizga kelgan ko‘plab sayyohlarning ham e'tiboriga sazovor bo‘ldi. Shuni ham ta'kidlab o‘tish kerakki, shouning boshqa ko‘ngilochar dasturlardan farqli jihati, uning auditoriya e'tiborini ma'rifatga, madaniy va tarixiy merosga jalb etgani bo‘ldi.  

Marhamat ko‘ring va zavqlaning!

Manba: naesmi.uz