Jahon | 11:57 / 05.09.2015
2636
1 daqiqa o‘qiladi

9-11 oktabr kuni Peruda Xalqaro valyuta jamg‘armasi va Jahon bankining yillik yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi

9-11 oktabr kuni Peru poytaxti Limada Xalqaro valyuta jamg‘armasi va Jahon bankining yillik yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.

Yillik yig‘ilishlar chog‘ida boshqaruvchilar kengashlari tashkilotlarning kelajak faoliyati bilan bog‘li asosiy qarorlarni ko‘rib chiqishadi, keyinchalik ular ijroiya kengashlari tomonidan amalga tatbiq etiladi.

Limadagi yig‘ilishda tashkilotlar rahbariyati, xususiy sektor vakillari, fuqarolik jamiyati va akademik doiralar vakillari to‘planadi.