Fan-texnika | 08:27 / 05.09.2015
4844
2 daqiqa o‘qiladi

Aston Martin josus 007 Bond haqidagi yangi filmga atab 150 dona “bondmobillar” chiqarishga qaror qildi

Buyuk Britaniyaning Aston Martin avtomobilsozlik kompaniyasi josus 007 Jyeyms Bond haqidagi yangi filmning (“007: Spektr”) ekranlarga chiqishini DB9 GT Bond Edition sportkarlarini cheklangan miqdorda chiqarish bilan nishonlaydigan bo‘ldi, deb xabar bermoqda Carscoops nashri.

“2+2” kupesi DB9 GT’ning oddiy modelidan kumushsimon rangi va kuzovda 007 Bond Edition tablichkasi borligi hamda yengil qotishmadan tayyorlangan 20 dyuymli g‘ildiraklar diski, kapotdagi och rangdagi alyuminiy ventilyatsion teshiklari, karbondan tayyorlangan old splitter, orqa diffuzor va kulrang tormoz supportlari borligi bilan farqlanib turadi.

Avtomobil salonida ostonalarda raqamlangan 007 logotipi tushirilgan nakladkalar, o‘rindiqda tikib chiqilgan to‘pponcha tasviri va yangi Aston Martin Ami II multimedia sensor tizimining Bond Edition ekranini uchratish mumkin.

Yangi mashina boshqarishning elektron ulagich tizimiga ega 6 pog‘onali Touchtronic uzatmalar qutisi bilan birga ishlaydigan 547 ot kuchiga yetadigan 6 litrli V12 dvigateli bilan jihozlangan.

Mashina soatiga 100 km tezlikka 4,5 soniyada erishadi va 295 km/soat maksimal tezlik bilan harakatlana oladi.

DB9 GT maxsus versiyasining xaridorlariga Omega Seamaster Aqua Terra 150m James Bond Limited Edition soati kabi qo‘shimcha aksessuarlar ham taklif etiladi.

Aston Martin DB9 GT Bond Edition mashinasini 150 dona chiqarish rejalashtirilgan. “Bondmobil”ning boshlang‘ich narxi 165 ming funtni (250 ming dollar) tashkil qiladi.