Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
YeI Belarus va Armaniston bilan hamkorlikning o‘ziga xos usulini ishlab chiqadi
Yevropa Ittifoqi Belarus va Armaniston bilan hamkorlikning o‘ziga xos usulini ishlab chiqadi. Bu haqda YeIda raislik qilayotgan Lyuksemburgning tashqi ishlar vaziri Jan Asselborn bayonot berdi.
Uning so‘zlariga qaraganda, yangi kelishuv bu mamlakatlarni YeI davlatlari bilan mustahkam bog‘lab turadi, lekin o‘rtadagi majburiyatlar va kelishuvlar YeI iqtisodiy uyushmasi darajasida yaqinlik yaratmaydi.
“Biz ko‘priklar buzilmasligiga harakat qilmoqdamiz. Uyushuv haqidagi kelishuvning imkoni yo‘qligini tushunamiz, shu bois hamma taraflar yaxshiroq, osonroq variant topishga yon bosmoqda. Bu ikki mamlakat bilan shunday aloqa o‘rnatilishiga barcha rozi. Lekin bu uyushuv haqidagi kelishuv emas, u bu o‘rinda ishlamaydi. Buning darajasi pastroq bo‘ladi, qanday nomlanishini hozir ayta olmayman”, - uning so‘zlarini keltiradi RIA Novosti.
Yangi kelishuvda, xususan, bojxona imtiyozlari ko‘zda tutilmasligi aytib o‘tildi.