Jahon | 18:05 / 05.09.2015
2575
1 daqiqa o‘qiladi

YeI muhojirlar masalasini hal qilish uchun 5-6 oktabr kunlari “favqulodda” yig‘ilish qiladi

YeIga a'zo davlatlar TIV va IIVlarining muhojirlar masalasiga bag‘ishlangan favqulodda yig‘ilishi 5-6 oktabr kunlari Vengriyada bo‘lib o‘tadi. Bu haqda TASS agentligi xabar bermoqda.
“YeI muhojirlar masalasini hal qilish uchun 5-6 oktabr kunlari favqulodda yig‘ilish o‘tkazadi”, - dedi Lyuksemburg tashqi ishlar vaziri Jan Asselborn ushbu davlatda o‘tayotgan norasmiy yig‘ilish chog‘ida.
Shuningdek, 9 oktabr kuni Strasburgda Yevroparlament Yevrokomissiyaga migratsiya bo‘yicha yangi takliflar paketini taqdim etishi aytildi.