Jahon | 12:47 / 05.09.2015
3875
1 daqiqa o‘qiladi

Google’ning yangi qidiruv belgisi muallifi rossiyalik dizayner bo‘lib chiqdi

Google qidiruv tizimining kichik logotipi – G harfidan iborat qidiruv belgisi muallifi rossiyalik dizayner Denis Kortunov bo‘lib chiqdi. Bu haqda DailyTech nashri yozmoqda.
Denis Kortunov Acronis kompaniyasida ishlaydi.

U o‘z kontseptini 2008 yili “Turbomilk” blogida taklif qilgan edi. Ushbu maqolasida u qidiruv tizimining favikonini tanqid ostiga olib, o‘z variantini taklif qilgan edi.
Shu bilan birga, nashr Kortunov taklif etgan dizayn hozirgi variant bilan 100 foiz mos emasligini qayd qilib o‘tdi.
Kortunovning o‘zi Google bilan o‘z ishining kompaniyaning yangi uslubida qo‘llanilishi bo‘yicha kelishuvga erishganini tasdiqladi.

Uning so‘zlariga qaraganda, kompaniya vakillarining o‘zi u bilan aloqaga chiqqan.
Eslatib o‘tamiz, 1 sentabrdan kompaniya yangi logotipdan foydalana boshladi.