Jahon | 09:03 / 05.09.2015
2207
1 daqiqa o‘qiladi

Kanada Suriyadan 5 ming qochqin qabul qilishga tayyor

Kanadaning Ontario viloyati rahbariyati Suriyadan 5 ming qochqin qabul qilishga tayyorligini ma'lum qildi. Bu haqda Ctv.News portali xabar bermoqda.
Qochqinlarga Ontario hukumati 226 ming dollar ajratadi.

“Biz barcha insoniy va moliyaviy resurslarni ishga solib, darhol Kanadada minglab qochqinlarni qabul qilishimiz shart”, - dedi Ontario sog‘liqni saqlash vaziri Erik Xoskins.
Uning fikricha, Kanada hukumati BMTning qochqinlar bo‘yicha oliy komissarining qarorini kutib o‘tirishi kerak emas, negaki bu qarorning qabul qilinishi bir necha oy va hatto yilga cho‘zilib ketishi mumkin.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish