Jahon | 10:38 / 05.09.2015
4142
1 daqiqa o‘qiladi
Keyingi hafta AQSh Xitoy kompaniyalariga qarshi sanksiyalar joriy qilishi mumkin
Keyingi hafta AQSh Xitoy kompaniyalariga qarshi sanksiyalar joriy qilishi mumkin. CNN telekanalining ma'lum qilishicha, bunga sabab sifatida ushbu kompaniyalarning AQSh moliyaviy tuzilmalari va yirik korporatsiyalariga qarshi xakerlik hujumlariga aloqadorligi ko‘rsatilgan.
Ilgariroq AQSh rahbariyati bunday xakerlik hujumlariga aloqadorlikda gumon qilinayotgan Xitoy va Rossiya kompaniyalariga qarshi cheklovlar joriy qilishi mumkinligi aytilgan edi. Bu choralar keyingi haftayoq amalga oshirilishi mumkin.
Sanktsiyalar paketi bir necha oy mobaynida ishlab chiqilgani aytilmoqda.
Shu bilan birga, ma'lum qilinishicha, bu borada hali yakuniy qarorga kelinmagan.