10:08 / 05.09.2015
9802

KUN.UZ dayjesti: 4 sentabrda ro‘y bergan eng asosiy xabarlar

Hurmatli o‘quvchilar, e'tiboringizga 4 sentabr kuni ro‘y bergan eng muhim xabarlarni takroran havola etamiz.

Tojikiston mudofaa vazirining sobiq o‘rinbosari terrorchilik guruhini tashkil qilishda ayblanmoqda>>

Tojikiston IIV qurolli bosqinchilik va 8 nafar militsiya xodimining o‘limi hamda terrorchilik guruhi tashkil qilish uchun javobgarlikni mamlakat mudofaa vazirining sobiq o‘rinbosari general-mayor Abduhalim Nazarzoda zimmasiga yukladi.

O‘zbekiston IIV: Toshkentda yuz bergan “portlash” o‘quv mag‘shulotlarining bir qismi bo‘lgan>>

Soat 13:32da Toshkentdagi masjidlarning birining yonida joylashgan avtobuslar bekatida shartli terrorchi qo‘lbola portlovchi qurilmani harakatga keltirdi. Shundan keyin “trevoga” buyrug‘i bilan shahar militsiyasi kuchlari va vositalari oyoqqa turg‘azildi va ichki yo‘riqnomalarda talab qilinganidek portlash yuz bergan hudud o‘rab olindi

Merkelning reytingi muhojirlar bilan bog‘liq inqiroz tufayli keskin pasayib ketdi>>

Germaniya kansleri Angela Merkelning mashhurligi uning muhojirlar muammosi bo‘yicha tutgan pozitsiyasi tufayli keskin pasayib ketdi.

Turkiyada halok bo‘lgan suriyalik 3 yoshli muhojir bolaning suratlari dunyoni larzaga keltirdi>>

2 sentabr kuni Turkiyaning Bodrum kurort shahrining dengiz qirg‘og‘ida suriyalik 3 yoshli qochqin bolakayning jasadi topildi.

Putin: YeIda migratsion inqiroz kutilgan holat edi>>

Yevropada migratsion inqiroz kelib chiqishi “mutlaqo kutilgan holat edi”, deb hisoblaydi Rossiya prezidenti Vladimir Putin.

Qozog‘istonda sud qarori bilan “Kommunistlar partiyasi” faoliyati tugatildi>>

Olma-ota shahri ixtisoslashtirilgan tumanlararo iqtisodiy sudi qarori bilan “Qozog‘iston Kommunistlar partiyasi” jamoat birlashmasi faoliyati to‘xtatildi.

Islom Karimov Pekinda G‘alabaning 70 yilligiga bag‘ishlab o‘tkazilgan tantanali marosimlarda ishtirok etdi>>

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Tszinpinning taklifiga binoan 2—3 sentabr kunlari tashrif bilan Pekin shahrida bo‘ldi.

O‘zbekistonlik dastlabki ziyoratchilar guruhi Hajga jo‘nab ketdi>>

3 sentabr kuni o‘zbekistonlik ziyoratchilarning 484 nafardan iborat dastlabki guruhi ikkita reysda Toshkent-Madina yo‘nalishi bo‘yicha Saudiya Arabistoni Podshohligiga kuzatildi, deb xabar berdi qadriyat.uz sayti. 

Turkiya parlamenti Iroq va Suriyaga harbiylarni kiritish to‘g‘risidagi hujjat muddatini uzaytirdi>>

Turkiya parlamenti Iroq va Suriya hududiga IShID jangarilariga qarshi kurash uchun harbiylarni kiritish to‘g‘risidagi hujjat kuchini yana bir yilga uzaytirdi.

Pentagon: Xitoy va Rossiyani dunyo barqarorligi va xavfsizligini ta'minlashda biz bilan hamkorlik qilishga chaqiramiz>>

Qo‘shma Shtatlar Rossiya va Xitoyni Osiyo-Tinch okeani miqtaqasi va uning tashqarisida yanada faolroq hamkorlik qilishga chaqirmoqda.

Ramzon Qodirov islom davlatlarini dindoshlarga yordam berishga chaqirdi>>

Checheniston rahbari Ramzon Qodirov islom davlatlari yetakchilarini Yaqin Sharqdagi to‘qnashuvlardan aziyat chekayotgan dindoshlarini o‘z himoyasiga olishga chaqirdi.

Top