Sport | 12:06 / 05.09.2015
2443
1 daqiqa o‘qiladi

Lev: Yosh futbolchilarni tarbiyalash uchun biz 100 million funt sarfladik

Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Yoaxim Lev Angliya Premer-ligasidagi klublarning xorij futbolchilari uchun sarflayotgan xarajatlari yaxshi emasligi haqida gapirib o‘tdi.

"APL klublari futbolchilarni sotib olish uchun avvalgiga qaraganda uch barobar ko‘p pul ishlatishyapti. Yaxshiki, ularning ayrimlari Bundesligaga ham kelmoqda. Bu Germaniya termasini kuchli qilishga yordam beradi.

Biz so‘nggi yillarda yosh futbolchilarmizni tarbiyalash va ularni rivojlantirish uchun 100 million funt mablag‘ sarfladik.

Angliyada bo‘lsa, yosh futbolchilar o‘z klublarida o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmydi. Shuning uchun ham Angliya termasi katta musobaqalarda o‘ynay olmaydi", - deyi Lyov.

Manba: uff.uz

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish