Jahon | 21:50 / 05.09.2015
2617
2 daqiqa o‘qiladi

Merkel muhojirlar bilan bog‘liq vaziyat sababli o‘ng radikal terror xavfi yuzaga kelishidan ogohlantirmoqda

Germaniya kansleri Angela Merkel Germaniyada muhojirlarga hujum qilinishi oqibatida o‘ng radikal terrorning yuzaga kelishidan ogohlantirmoqda, deb xabar bermoqda Deutche Welle nashri. 

“Biz hushyorlikni susaytirmasligimiz, vaziyatni sinchkovlik bilan kuzatib, unga javoban harakat qilishimiz kerak. Natsional-sotsialistik partiya kabi o‘ng ekstremistik guruh faoliyatining tergov qilinishi cho‘zilishi kabi isnod qaytarilmasligi kerak”, deb aytdi Merkel.

Shu bilan birga Merkel Germaniya Natsional-sotsialistik partiyasining taqiqlanishi mumkinligiga tanqidiy munosabat bildirdi. “Partiya taqiqlangandan keyin ham o‘ng ekstremistik qarashlar saqlanib qoladi deb qo‘rqaman”, deb ta'kidlab o‘tdi Merkel.
Kantsler muhojirlar, muhojirlar yotoqxonalari va politsiyachilarga uyushtirilayotgan hujumlarga qarshi qat'iyat bilan kurashish kerakligini ta'kidlab o‘tdi.

Merkel ksenofobiya (boshqa millat, guruh odamlariga nisbatan hurmatsizlik, toqatsizlik, adovat) aynan mamlakatning sharqiy qismida keng tarqalgan degan Germaniyadagi ommaviy tushunchaga qo‘shilmasligini aytdi. U mumkinlik yoki mumkinmaslikni belgilovchi qoida mamlakatning u yoki bu qismiga emas, balki butun hududiga tegishli ekanligini ta'kidladi.

Bundan avval Germaniyadagi qochqinlar markazlaridan birida yirik yong‘in chiqqani ma'lum qilingandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish