16:22 / 05.09.2015
3313

Messi Janubiy Amerikaning barcha termalariga gol urgan birinchi argentinalik futbolchi bo‘ldi

Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi Boliviyaga qarshi kechgan o‘rtoqlik uchrashuvida (7:0) dubl muallifiga aylandi.

Shu tariqa, u KONMeBOL tarkibiga kiruvchi barcha 9 Janubiy Amerika davlatlari termalariga gol urgan birinchi argentinalik futbolchi bo‘ldi.
Messigacha bunday natijaga faqat 3 futbolchi erishgan edi – Ziko (Braziliya), Arnoldo Guaran (Kolumbiya) va Agustin Delgado (Ekvador).

Top