Jahon | 14:15 / 05.09.2015
3896
1 daqiqa o‘qiladi
OAV: AQSh razvedkasi Germaniya telekommunikatsiyalariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulanish imkoniyatiga ega bo‘lgan
AQSh Markaziy razvedka boshqarmasi Germaniya telekommunikatsiyalariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulanish imkoniyatiga ega bo‘lgan. Bu haqda Spiegel online internet nashri xabar bermoqda.
Aytilishicha, boshqarma Germaniya federal razvedka xizmati bilan hamkorlikda faksimile xabarlarini va telefon qo‘ng‘iroqlarini kuzatib borgan. Bunda ular AQShning MCI aloqa operatoridan foydalanishgan. Kompaniyaning Germaniyadagi vakolatxonasi Xilden shahrida joylashgan.
Operatsiya Glotaic deb nomlanib, 2004-2006 yillarda olib borilgan.
Qo‘ng‘iroqlar va faksimile xabarlari haqidagi ma'lumotlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri AQShga yo‘llangan.