O‘zbekiston | 16:07 / 05.09.2015
6342
1 daqiqa o‘qiladi
O‘zbekiston chegarachilari chorva o‘g‘irlayotgan Tojikiston fuqarosini qo‘lga oldi
O‘zbekiston chegarachilari chorva o‘g‘irlayotgan Tojikiston fuqarosini qo‘lga oldi. Bu haqda chegara qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
4 sentabr kuni soat 16:30da Jizzax viloyatining Baxmal tumanidagi Madaniyat qishlog‘i yaqinidan o‘tgan chegara zonasida So‘g‘d viloyati Panjikent tumandagi Besh Yuz qishlog‘ida istiqomat qiluvchi Tojikiston fuqarosi, 1991 yilda tug‘ilgan O.
Toshov qo‘lga olindi. Aytilishicha, u Madaniyat qishlog‘idan 5 bosh chorva o‘g‘irlab, Tojikiston hududiga noqonuniy olib o‘tishgan harakat qilgan. Chorva chegara chizig‘idan 2 km narida yashovchi O‘zbekiston fuqarosi N. Sarimsoqovga tegishli edi.
Voqea yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atildi.