O‘zbekiston | 09:59 / 05.09.2015
8485
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda yangi tahrirdagi “Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida”gi qonun kuchga kirdi

O‘zbekistonda yangi tahrirdagi “Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida”gi qonun kuchga kirdi. Qonun parlament quyi palatasi tomonidan 24 iyul kuni qabul qilinib, yuqori palata tomonidan 6 avgust kuni ma'qullandi.

U 4 sentabrda davlat rahbari tomonidan imzolanib, 5 sentabr kuni markaziy matbuotda chop etildi va shu bilan kuchga kirgan hisoblanadi.
Senat vakilining ma'lum qilishicha, qonunning yangi tahriri birinchi galda jismoniy tarbiya va sport qonunchiligini takomillashtirishga qaratilgan bo‘lib, yoshlarni sport bilan shug‘ullanishga keng miqyosda jalb qilishni, soha mutaxassislarini tayyorlash tizimini takomillashtirish singari vazifalarga yo‘naltirilgan.

“O‘tgan davr mobaynida sohada qonunchilik bazasi yaratilib, u o‘z ichiga, yuqoridagi qonundan tashqari, 50dan ortiq normativ-huquqiy aktlarni o‘z ichiga oladi”, - ta'kidladi senator.