12:53 / 05.09.2015
3586

Samsung yangi Gear S2 soatini taqdim etdi

Berlindagi iste'mol elektronikasi ko‘rgazmasi doirasida Samsung kompaniyasi yangi Gear S2 soatining taqdimotini o‘tkazdi.
Gear S2 Gorilla Glass 3 himoya oynasi bilan qoplangan aylana SuperAMOLED siferblatiga ega bo‘ldi. Ekran diametri 1.2 dyuym, yechimi – 360 x 360 nuqta.

Soat Tizen operatsion tizimida ishlaydi, u uchun maxsus Curcular UX interfeysi ishlab chiqildi. Bir marta quvvatlantirilgan soat 2-3 ishlashi mumkin. Soat, kompaniyaning ilgarigi soatlaridan farqli o‘laroq, nafaqat Samsung smartfonlari, balki OS Android’ning 4.4dan yuqori har qanday versiyasidagi uskuna bilan uyg‘unlikda ishlaydi.
Soatning Sport va Classic versiyalari taqdim etildi.
Soat oktabr oyidan sotuvga chiqariladi. Uning narxi haqida hozircha ma'lumot yo‘q.

Top