Jahon | 08:02 / 05.09.2015
2555
1 daqiqa o‘qiladi
Sankt-Peterburg vokzallarining minalashtirilgani haqidagi xabar yolg‘on bo‘lib chiqdi
Sankt-Peterburg politsiyasi shahardagi vokzallarni minalashtirilganlikka tekshirib chiqdi va bu haqda tarqatilgan xabar yolg‘on ekanligini aniqladi. Bu haqda huquq-tartibot muassasalaridagi manbaga iqtibos keltirgan holda RIA “Novosti” axborot agentligi xabar bermoqda.
“Tekshiruv tugadi, xabar yolg‘on bo‘lib chiqdi”, deb aytdi manba.
Avvalroq Sankt-Peterburgda beshta temir yo‘l vozkali, dengiz vokzali va avtovokzaldan yo‘lovchilar evakuatsiya qilinayotgani haqida xabar berilgan. Rossiya IIV ma'lumotlariga ko‘ra, vokzallardan yo‘lovchilar evakuatsiya qilinmagan.