Jahon | 21:52 / 05.09.2015
4948
1 daqiqa o‘qiladi

Tojikiston huquq-tartibot muassasalari Dushanbedagi blokpostga hujum uyushtirganlarni taqib qilishni boshladilar

Tojikiston kuchishlatar tuzilmalari bo‘linmalari Dushanbedagi militsiya blokpostiga hujum uyushtirganlarni taqib qilishni boshladilar, deb xabar bermoqda TASS axborot agentligi. 

Bu haqda respublika IIV ma'lum qildi.
“Ayni paytda blok-postga hujum uyushtirgan jinoyatchilarni qidirish tashkil qilindi”, deb aytilmoqda xabarda.

Qayd etilishicha, bosqinchilar Tojikiston mudofaa vazirining sobiq o‘rinbosari Abduhalim Nazarzoda tarafdorlari guruhiga mansubligi bo‘yicha ma'lumotlar yo‘q. Ma'lum qilinishicha, aksilhukumat guruhi qoldiqlari tog‘ darasining ichiga kirib ketgan.

Bundan avval Dushanbedagi militsiya blokpostiga uyushtirilgan hujum oqibatida bir nafar militsioner halok bo‘lgani va yana bir necha nafari jarohat olgani ma'lum qilingandi.