Tojikistonda rossiyalik harbiylar kuchaytirilgan xizmat qilish tartibiga o‘tkazildi
Tojikistonda Rossiyaning 201-bazasi harbiy xizmatchilari kuchaytirilgan xizmat qilish tartibiga o‘tkazildi, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi.
“Tojikistonning Dushanbe va Vaxdat shaharlarida 4 sentabr ertalab yuz bergan voqealar sababli Rossiyaning Dushanbe garnizoni, Kulob va Qo‘rg‘ontepa polklari kuchaytirilgan xizmat qilish tartibiga o‘tkazildi”, deb xabar bermoqda agentlik manbasi. Manba ma'lumotlariga ko‘ra, Rossiyaga qarashli baza bo‘linmalari atrofini qo‘riqlash kuchaytirildi va kuchaytirilgan o‘tkazish tartibi kiritildi.
Ma'lum qilinishicha, to‘qnashuvlar oqibatida halok bo‘lganlar soni 44 kishiga yetgan, ya'ni Tojikiston IIV va Mudofaa vazirligining 33 nafar xodimi va jinoiy guruhning 9 nafar a'zosi halok bo‘lgan.
Mamlakat huquq-tartibot muassasalari yirik teraktlar takrorlanishi xavfi sababali yuqori jangovor tayyogarlik holatiga keltirdi.