Jahon | 21:47 / 05.09.2015
4778
1 daqiqa o‘qiladi
Tojikistonda noma'lumlar tomonidan blokpost o‘qqa tutilishi oqibatida bir nafar militsiya xodimi halok bo‘ldi
Tojikiston poytaxti Dushanbeda noma'lumlar blokpostni o‘qqa tutishi oqibatida bir nafar militsiya xodimi halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi.
“Mahalliy vaqt bilan taxminan 17.50da noma'lum qurollangan shaxslar guruhi Dushanbe sharqidagi, shaharga Vaxdat tomondan kiraverishdagi militsiya blokpostini o‘qqa tutdi”, deb xabar berdi Tojikiston Ichki ishlar vazirligidagi manba.
Ma'lum qilinishicha, hujum oqibatida bir nafar militsioner halok bo‘lgan, bir necha nafari jarohat olgan.