Sport | 11:38 / 05.09.2015
3243
1 daqiqa o‘qiladi
Toshkentlik maktab o‘quvchisi shaxmat bo‘yicha jahon chempionatida ishtirok etmoqda
Rossiyaning Xanti-Mansiysk o‘lkasida shaxmat bo‘yicha 20 yoshgacha bo‘lgan sportchilar o‘rtasidagi jahon chempionatida o‘zbekistonlik Vohidov Shamsiddin ishtirok etmoqda.
Hozircha musobaqada faqat 1 kishi – armanistonlik grossmeyster Karen Grigoryan 100 foizlik natijaga ega. U 3 ochkoga ega.
Yana 7 o‘yinchi 2.5tadan, 21 ishtirokchi 2tadan ochkoga ega.
Magichess.uz saytining xabar qilishicha, Vohidov braziliyalik raqibi, FIDeda sport ustasi bo‘lishga nomzod Viktor Roberto Kastro ustidan g‘alaba qozondi.
5 sentabr kuni 4-tur doirasida o‘zbekistonlik yosh shaxmatchi shveysariyalik xalqaro sport ustasi Georgiadis Niko bilan uchrashadi.