Jahon | 11:21 / 05.09.2015
6881
2 daqiqa o‘qiladi

Tramp: Karim Abduljabborni nega hech kim yoqtirmasligini tushundim

AQSh prezidentligiga respublikachilardan nomzod bo‘lgan siyosatchi va milliarder Donald Tramp afsonaviy basketbolchi Karim Abduljabborni tanqid ostiga oldi.
Abduljabbor The Washington Post’dagi maqolasida Trampni “Amerikaga yaxshilik olib kelmaydigan bezori” deb atagan edi.

“Hurmatli Karim, nega matbuot har doim sizga yomon munosabatda bo‘lganini endi tushundim. Gap shundaki, siz Amerikaning buyukligi uchun nima qilish kerakligi haqida hech baloni tushunmaysiz. Eng yaxshi tilaklar bilan, Donald Tramp”, - deb yozdi yozdi milliarder ijtimoiy tarmoqlardan birida.
Karim Abduljabbor bu e'tirozlarni javobsiz qoldirmadi.
“Trampning maqolamga javobi so‘zlarimning eng yaxshi tasdig‘idir.

Mana u yana uning fikriga qo‘shilmagan odamga hujum qilmoqda, lekin biror nimani isbotlamoqchi emas, oddiy maktab to‘polonidagiday “sen hech kimga yoqmaysan” qabilidagi haqoratlardan foydalanmoqda. Buning mohiyatiga qarang, va siz konstitutsiyaga xilof ish tutilganini ko‘rasiz, bu axir qo‘rqitish yo‘li bilan matbuotning unini o‘chirishdir”, - dedi u.