Jahon | 14:54 / 05.09.2015
7681
1 daqiqa o‘qiladi

Ukrainalik o‘smirning tryuklari internet ahlini hayratga soldi

Ukrainalik 18 yoshli bloger Pasha Bumchikning YouTube videoservisida joylashtirgan videolavhasi 1 hafta ichida 3 mln kishi tomonidan tomosha qilindi.

Ushbu videoda aks etgan xatti-harakatlari uchun o‘smir ko‘plab yirik gazetalari sahifalaridan o‘rin oldi va yulduziga aylandi. Videoda Bumchikning balandlikka chiqishi va poyezd tomida sakrab yurishi singari xatti-harakatlari aks etgan. Qizig‘i shundaki, u Kiyev metrosi poyezdlarida tomma-tom sakrab yurishini selfi tayoqchasi yordamida o‘zi suratga olgan.

Bumchikning “qahramonlik”lari haqidagi materiallar Daily Mail, Mirror, Telegraph, Mashable singari yirik nashrlarda bosilib chiqdi.