Jahon | 14:24 / 05.09.2015
2223
1 daqiqa o‘qiladi
Vengriya TIV: migratsion inqiroz sababi YeI siyosatchilarining mas'uliyatsizligidir
Vengriya tashqi ishlar vaziri Peter Siyyarto migratsion inqirozning sababi sifatida ayrim yevropalik siyosatdonlarning mas'uliyatsiz bayonotlari va xatti-harakatlarini ko‘rsatdi.
“Vengriyada bo‘layotgan ishlar ikki narsaning oqibatidir, - uning so‘zlarini keltiradi TASS. – birinchidan, Yevroittifoq migratsion siyosatining mag‘lubiyati, ikkinchidan, yevropalik siyosatchilarning mas'uliyatsiz bayonotlari. Mana shu ikki narsa tufayli biz ko‘rayotgan voqealar sodir bo‘lmoqda”.
Lyuksemburgda IYega a'zo 28 davlat tashqi ishlar vazirlarining 2 kunlik uchrashuvi bo‘lib o‘tmoqda. Unda asosan migratsion inqiroz muammosi ko‘rib chiqilmoqda.