Fan-texnika | 18:35 / 05.09.2015
3315
1 daqiqa o‘qiladi

WhatsApp’ning 1 oylik auditoriyasi 900 mln foydalanuvchiga yetdi

WhatsApp messenjerining faol foydalanuvchilari soni o‘tgan oyda 900 mln kishiga yetdi. Bu haqda ilova asoschisi Yan Kum Facebook’dagi sahifasi orqali xabar qildi.
2015 yilning 18 aprelida Kum bu ko‘rsatkichning 800 mln kishiga teng bo‘lganini aytgan edi. Shu tariqa, ilova foydalanuvchilari soni 5 oy ichida 100 mln ga ko‘paydi.
2014 yilda WhatsApp Facebook tomonidan xarid qilingan edi. Ijtimoiy tarmoqning 1 oylik auditoriyasi 1.5 mlrd kishini, Facebook Messenger ilovasi foydalanuvchilari soni 700 mln kishini tashkil qiladi.