Jahon | 11:34 / 06.09.2015
2795
1 daqiqa o‘qiladi

AQShda sodir bo‘lgan otishmada 9 yoshli bola halok bo‘ldi

AQShning Sharlott shahrida (Shimoliy Karolina shtati) noma'lum qurollangan shaxs 5 kishidan iborat oilaga qarata o‘t ochdi. Bu haqda mahalliy WSOC-TV telekanali xabar berdi.
Voqea oilaviy bayram chog‘ida sodir bo‘ldi. Oila o‘z uyining hovlisida bayramni nishonlayotgan edi.
Otishma chog‘ida oila a'zosi bo‘lgan 9 yoshli bolakay halok bo‘ldi. Oilaning boshqa barcha a'zolari, shu jumladan, yana bir bola, jarohatlandi.
Jinoyatchining kimligi, jinoyat sabablari va motivlari ma'lum emas. Politsiya uni qidirmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish