Jahon | 09:11 / 06.09.2015
4606
1 daqiqa o‘qiladi
Binyamin Netanyaxuni hibsga olish haqidagi petitsiyani 100 mingdan ortiq britaniyalik imzoladi
Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxuni harbiy jinoyatlar uchun hibsga olish haqidagi petitsiyani 100 mingdan ortiq britaniyalik imzoladi. Bu haqda IMEMC News portali xabar berdi.
Petitsiya 7 avgust kuni Britaniya hukumati saytida e'lon qilingan edi. Uning muallifi Demian Moran siyosatchini 2014 yilda 2 ming kishining o‘limiga sabab bo‘lishda aybladi.
Qonun bo‘yicha, agar petitsiya 100 mingdan ortiq ovoz olsa, Britaniya parlamenti uni ko‘rib chiqishga majbur bo‘ladi.
Hukumat vakillari mamlakat hududiga tashrif buyuruvchi chet ellik siyosatchilar diplomatik daxlsizlikka ega bo‘lishini eslatib o‘tishdi. Shunday bo‘lsa-da, Netanyaxu Londonga tashrif buyurganda uni ushbu petitsiyadan boxabar qilishga va'da berishdi.