Jahon | 09:03 / 06.09.2015
2188
1 daqiqa o‘qiladi
Britaniya 15 ming qochqin qabul qilishga tayyor
Britaniya o‘z hududida Suriyadan 15 ming qochqin qabul qilishga tayyor. Bu haqda The Sunday Times gazetasi ma'lum qildi.
Aytilishicha, bosh vazir Devid Kemeron migratsion inqiroz muammosini nazorat ostiga olish rejasini tuzib chiqishni hukumat vakillariga topshirgan. Gap qochqinlarni taqsimlash dasturi hamda odamlarni noqonuniy olib o‘tuvchilarni nazoratga olish chora-tadbirlari xususida ketmoqda.
Ilgariroq Britaniya bosh vaziri Suriya qochqinlariga gumanitar yordam berish uchun mamlakat 100 mln funt sterling ajratishini ma'lum qilgan edi. Mamlakat shu paytgacha 5 mingga yaqin qochqinni qabul qildi.