Jahon | 19:24 / 06.09.2015
2878
1 daqiqa o‘qiladi

Estoniya Tashqi ishlar vazirligida Rossiya bilan chegarada devor qurilishi haqidagi ma'lumotlar inkor etildi

Estoniya va Rossiya chegarasi haqidagi masala hal bo‘lmagunga qadar Estoniya hukumati ikki davlat o‘rtasida to‘siq qurishni boshlamaydi, deb aytdi Estoniya tashqi ishlar vaziri Marina Kalyurand. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bermoqda.

“Biz bugun hech qanday devor qurmaymiz, biz bugun faqat chegarani tozalamoqdamiz, tegishli belgilarni qo‘ymoqdamiz. Biroq biz chegara haqida kelishuv tuzganimizda yoki tuzmaganimizda bu chegara qanday qo‘riqlanishi ma'lum bo‘ladi. Bugun biz u yerda devor qurmaymiz”, deb aytdi Kalyurand.

Avvalroq Estoniya politsiya departamenti va chegarani qo‘riqlash xizmatining ikki davlat o‘rtasidagi quruqlikdagi qismida 2,5 metr balandlikda devor qurishi haqida axborot berilgan edi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish