Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Estoniya va AQSh Rossiya chegarasida harbiy mashg‘ulotlar boshladi
AQShning 173-havo-desant brigadasi askarlari Estoniya mudofaa kuchlarining 2-piyoda brigadasi bataloni harbiy xizmatchilari bilan birga o‘quv mashg‘ulotlar boshladi. Bu haqda “Interfaks” axborot agentligiga Estoniya mudofaa kuchlari bosh shtabi matbuot xizmati ma'lum qilindi.
Mashg‘ulotlar bir hafta davom etadi va Estoniyaning Rossiya bilan chegarasi yaqinidagi Virusk uyezdidagi tayyorgarlik maydonlarida o‘tkaziladi.
Ma'lum qilinishicha, “amerikalik askarlar estoniyalik askarlar bilan birga jangovor harakatlar davomida jabrlanganlarni evakuatsiya qilish va bu bilan bog‘liq tartibotlarni o‘rganmoqdalar”.
Estoniya mudofaa kuchlarining 2-piyoda brigadasi tezkor bo‘limi mayori Meelis Laanemetsning aytishicha, “bu mashg‘ulotlar Estoniyadagi faoliyat jarayonlarini AQShniki bilan solishtirib, bundan xulosa chiqarishga imkon beradigan yaxshi imkoniyatdir”.