Jahon | 19:14 / 06.09.2015
2181
2 daqiqa o‘qiladi

Janubiy Koreya prezidenti va Iordaniya qiroli Seulda uchrashuv o‘tkazadilar

Janubiy Koreya prezidenti Pak Kin Xe va Iordaniya qiroli Abdulloh II 11 sentabrda Seulda ikki tomonlama uchrashuv o‘tkazadilar. Bu uchrashuv davomida iqtisodiy hamkorlik, terrorchilikka qarshi kurashish, muhtoj davlatlarga insonparvarlik yordami taqdim qilish masalalari muhokama qilinadi. 

Qirol Abdulloh II 10 sentabrda Seulga ikki kunlik tashrif bilan keladi. Iordaniya yetakchisining Janubiy Koreyaga bu tashrifi 1999 yildan beri 6-tashrifi bo‘ladi.
“Bizning davlatlarimiz orasida yaqin aloqalar mavjud bo‘lib, tashrif paytida Seul va Amman oldida terrorchilikning tarqalishi va muhtoj davlatlarga insonparvarlik yordami taqdim qilish muammolarini hal qilishdagi hamkorlik masalalarini muhokama qilish imkoniyati paydo bo‘ladi”, deb Janubiy Koreya prezidenti ma'muriyati vakilining aytgan so‘zlarini keltirib o‘tdi “Renxap” axborot agentligi.

Bundan tashqari kun tartibidan ikki tomonlama iqtisodiy hamkorlik masalalari ham o‘rin olgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish