Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 11:32 / 06.09.2015
2056
1 daqiqa o‘qiladi
Janubiy Koreyada baliq ovlovchi kemaning cho‘kishi oqibatida 8 kishi halok bo‘ldi
Janubiy Koreya sohillarida g‘arq bo‘lgan baliq ovlovchi kema qurbonlari soni 8 kishiga yetdi. Bu haqda Ryonxap agentligi xabar berdi.
Aytilishicha, teskari ag‘darilgan kema Chujado oroli yaqinida (Cholla-Namdo viloyati) topilgan. Uning bortida 13-22 kishi bo‘lgani taxmin qilinmoqda.
Kema bilan aloqa shanba kuni kechasi yo‘qolgan.
Qutqaruvchilar suvdan 3 kishini suvdan chiqarib olishdi. Ular shifoxonaga yuborildi. Kema bortida bo‘lgan yana 8 kishining jasadi topildi.
Qutqaruv ishlari davom etmoqda.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish