Jamiyat | 19:02 / 06.09.2015
7251
2 daqiqa o‘qiladi

Javlon Shodmonov: “O‘zbekkino” tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lmagan kinolarni o‘tkazmaydi

“O‘zbekkino” tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lmagan filmlarni badiiy kengashdan o‘tkazmaydi. Bu haqda rejissyor Javlon Shodmonov aytib o‘tdi.

“Darakchi” muxbirining filmlarining tarbiyaviy ahamiyati haqidagi savoliga javob berarkan, rejissyor shunday dedi:

“Enagalar”, “Xazina operatsiyasi”, “Super qaynona”... Agar tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lmasa, “O‘zbekkino” badiiy kengashdan o‘tkazmasligini hamma yaxshi biladi”.
Ma'lumki, Shodmonov shu paytgacha 18ta film suratga olishga ulgurgan. Ammo ushbu filmlarning professionallik darajasi ko‘pchilikda shubha uyg‘otadi.“O‘zimni professional rejissyor deb bilmayman, kerak bo‘lsa yonimga o‘zimdan kuchli deb bilgan biror rejissyorni badiiy rahbar qilib olardim”, - qo‘shimcha qildi ijodkor.

Bundan tashqari, filmlarining mavzu ko‘lami va sifatiga to‘xtalar ekan, u yetarli mablag‘ga ega bo‘lganida o‘zi suratga olayotgan filmlarga professionallarni jalb qilishini aytib o‘tdi:

“Agar mablag‘ tomonidan imkoniyatim cheklanmaganda tarixiy filmga qo‘l urardim. Katta mablag‘ bo‘lganda professional operator, ssenariychi, montajchilarni jalb qilardim”.