Kamil Fatkullin: Jahon chempionatiga tayyormiz
Yunon-Rum kurashi bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi katta murabbiyi Kamil Fatkullin Las-Vegasda o‘tadigan jahon chempionatiga tayyorgarlik jarayoni qanday kechgani haqida gapirdi.
“Jahon chempionatida kuchli beshlikka kirish uchun chinakam kurash ketadi. Keyingi yilga yana 3ta litsenziyali turnir rejalashtirilganiga qaramay, barcha jamoalar vazifani hozirning o‘zida bajarishni istaydi. Biz bunday raqobatga tayyormiz, tarkibimizda Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etgan tajribali sportchilar bor. Yaxshi tayyorgarlik ko‘rish uchun bizda barcha sharoitlar bor edi. Biz uzoq vaqt Qozog‘istonda bo‘ldik, u yerda mashg‘ulot yig‘ini va uning doirasida xalqaro turnir o‘tkazildi. Bolalar yaxshi kayfiyatda, ular o‘zlarini ko‘rsatmoqchi”, - uning so‘zlarini keltiradi O‘zbekiston sport kurashi uyushmasi matbuot xizmati.