06:44 / 06.09.2015
2926

Latviya prezidenti o‘z mamlakatining chegaralari AQSh yordamida mustahkamlanishini aytmoqda

Latviya o‘z chegaralarini mustahkamlashda AQShning yordamidan foydalanmoqchi. Bu haqda 5 sentabrda Latviya prezidenti Raymonds Veyonis ma'lum qildi.

“Ichki ishlar vazirligi bilan birga AQSh investitsiyalari va texnologiyalari yordamida chegarani mustahkamlash bo‘yicha takliflar ishlab chiqilmoqda” deb aytdi Veyonis LETA axborot agentligiga bergan intervyusida.

“AQSh nafaqat NATO bo‘yicha, balki bir qator sohalarda strategik hamkorimiz hisoblanadi. Ular muntazam ravishda Boltiq bo‘yi davlatlari va butun Yevropa bo‘ylab xavfsizlikni mustahkamlashga mablag‘lar sarflaydilar”, deb aytmoqda Veyonis.

Avvalroq Latviya ichki ishlar vaziri Rixards Kozlovskis yaqin 3-4 yil ichida yil boshidan beri 200 dan ortiq noqonuniy muhojir kesib o‘tgan Latviya va Rossiya o‘rtasidagi chegara qismining mustahkamlanishini aytgan edi. Xususan, 12 metrlik chegaraoldi hududi yaratiladi. Bundan tashqari, chegaraning ba'zi qismlarida simli to‘siqlar o‘rnatiladi. Bu maqsadlar uchun 17 mln yevro sarflanishi mumkinligi aytilmoqda.

Top