Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Moskvada Shahar kunida bir oylik yog‘ingarchilik miqdorining 20 foizdan ko‘prog‘i yog‘di
5 sentabrda Moskvada 14 mm yog‘ingarchilik tushdi. Bu miqdor bir oylik yog‘ingarchilik miqdorining 20 foizdan ko‘prog‘ini tashkil qiladi, deb xabar bermoqda “Interfaks” axborot agentligi.
Bu haqda Moskva shahri va Moskva viloyati Gidrometeobyurosi ma'lum qildi.
“Bu yog‘ingarchilik sentabrda 65 mm ni tashkil qiladigan yog‘ingarchilikning 21,5 foizini tashkil qildi”, deb aytmoqda manba.
Shu bilan birga Moskvada kun bo‘yi 20 mm gacha yoki oylik yog‘ingarchilik me'yorining 30 foizidan ko‘proq yomg‘ir yog‘di.
Ob-havo mutaxassislari yog‘ingarchilik 6-9 sentabr kunlari ham vaqti-vaqti bilan yog‘ib turishini prognoz qilishmoqda.