Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Moskvada Shahar kunini nishonlashda 4 mln dan ziyodroq odam ishtirok etdi
Moskvada Shahar kunini nishonlashga bag‘ishlangan tadbirlarda 4 mln dan ziyodroq odam ishtirok etdi. Bu haqda Moskva bo‘yicha Rossiya IIVning bosh boshqarmasi matbuot xizmati boshlig‘i Andrey Galiakberov ma'lum qildi.
“Bayram tadbirlarining o‘tkazilishi paytida hech qanday favqulodda vaziyatlarga yo‘l qo‘yilmadi. Fuqarolarning xavfsizligi to‘liq hajmda ta'minlandi”, deb aytdi Galiakberov.
Mosva shahri kuni – Moskvada har yili an'anaviy tarzda o‘tkaziladigan bayram bo‘lib, sentabr oyining birinchi shanbasida nishonlanadi. Bu kuni butun shahar bo‘ylab xalq sayllari va konsertlar bo‘lib o‘tadi. Shahar kuni bayramona salyut bilan nihoyalanadi.
2015 yilda Moskva bu bayramning 868 yilligini nishonladi.


