Sport | 15:51 / 06.09.2015
2291
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston U-16 Qatarni ikkinchi o‘yinda ham mag‘lub etdi

O‘n olti yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo chempionati-2016 saralash o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida Qatarda qisqa muddatli yig‘in o‘tkazgan O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi o‘quv-yig‘ini davomidagi ikkinchi o‘rtoqlik uchashuvida ham g‘alaba qozondi, deb xabar berdi the-uff.com.

Qatar U-16 terma jamoasiga qarshi 4 sentabr kuni ikkinchi bor maydonga chiqqan Temur Olimxo‘jayev shogirdlari raqiblari ustidan 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. O‘zbekiston o‘smiralaridan gollarni Rasul Yo‘ldoshev hamda Abdulhay Ismoilovlar kiritdi.

Ushbu uchrashuv Olixo‘jayev boshchiligidagi jamoaning Qatardagi yig‘inining yakuni bo‘ldi va jamoa Toshkentga qaytib keldi.

Yig‘inda ishtirok etgan futbolchilar ro‘yxati bilan ushbu havola orqali tanishib olish mumkin.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi Osiyo chempionati saralash bosqichida “A” guruhidan o‘rin olgan. Ushbu guruhda ularga Yaman, Falastin va Maldiv jamoalariga qarshi maydonga tushadi. Saralash o‘yinlari 16 – 20 sentabr kunlari, Falastinda bo‘lib o‘tadi.