Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 10:02 / 06.09.2015
3211
1 daqiqa o‘qiladi
Poroshenko NATOni samaradorligi jihatidan dunyodagi ikkinchi xavfsizlik mexanizmi deb hisoblaydi
Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenkoning fikricha, NATO samaradorligi jihatidan dunyodagi ikkinchi xavfsizlik mexanizmidir. Bu haqda u AQSh radiosiga bergan intervyusida ma'lum qildi.
Shu bilan birga, Poroshenko alyans ayni paytda Ukrainaga hamkorlik taklif qilishga tayyor emasligini tan oldi.
“NATO talablariga javob berish YeI talablariga javob berish bilan birdir. Ular 98 foizga o‘zaro mos keladi. NATO samaradorligi jihatidan BMT Xavfsizlik Kengashidan keyingi o‘rinda turuvchi xavfsizlik mexanizmidir”, - dedi Ukraina yetakchisi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish