Jahon | 00:42 / 06.09.2015
11388
1 daqiqa o‘qiladi
Putin Tojikistondagi voqealarni vaziyatni barqarorsizlantirishga urinish deb baholadi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon bilan telefon orqali suhbatlashdi, deb xabar bermoqda TASS axborot agentligi.
Bu haqda Putin matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma'lum qildi.
Qayd etilishicha, Putin oxirgi 2 kun davomida Tojikistonda ro‘y bergan voqealarni vaziyatni barqarorsizlantirishga urinish deb baholadi va Tojikiston rahbariyatining Rossiya tomonidan qo‘llab-quvvatlanishiga ishonsa bo‘lishini aytdi.
Peskovning ta'kidlashicha, tomonlar sentabrda Dushanbeda o‘tadigan Kollektik xavfsizlik shartnomasi tashkiloti sammitida alohida uchrashuv o‘tkazishga kelishib oldilar.