Qirolicha Yelizaveta II Britaniyaning butun tarixi davomidagi eng mashhur monarx deb tan olindi
Buyuk Britaniya aholisi qirolicha Yelizaveta II ni Britaniyaning butun tarixi davomidagi eng yaxshi monarx deb topdi. Bundan The Sunday Times nashri uchun YouGov tomonidan o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalari darak bermoqda.
Qirolichaga respondentlarning 27 foizi ovoz berdi. Bu ko‘rsatkich mashhurlik borasida undan keyin kelayotgan ikki monarx to‘plagan umumiy ovozdan ko‘proqni tashkil qildi: 1533 yildan 1603 yilgacha hukmronlik qilgan qirolicha Yelizaveta I ga so‘ralganlarning 13 foizi o‘z ovozini berdi. XX asrning boshida o‘z hukmronligini yakunlagan qirolicha Viktoriyaga esa 12 foiz respondentlar ovoz berdi.
Bundan tashqari, Yelizaveta II 9 sentabrda Buyuk Britaniya taxtida eng uzoq o‘tirgan monarx bo‘lishi mumkin. Hozircha bu borada qirolicha Viktoriya yetakchilik qilmoqda, u 63 yil 216 kun davomida Britaniyaning bosh monarxi bo‘lgan.
Qirolicha Yelizaveta II taxtga 1952 yil 6 fevralda 25 yoshida o‘z otasi qirol Georg VI o‘limidan keyin o‘tirgan. Qirolicha 1926 yil 21 aprelda Londonda dunyoga kelgan. Charlz, Anna, Edvard, Endryu ismli 4 nafar farzandi bor.