Rossiya sport kurashi federatsiyasi prezidenti o‘ziga viza berilmagandan keyin AQShni johillar deb atadi
Rossiya sport kurashi federatsiyasi prezidenti Mixail Mamiashvili o‘ziga AQShga kirish vizasi berish rad etilgandan keyin AQShni johillar deb atadi, deb xabar bermoqda “Govorit Moskva”.
Qayd etilishicha, Mamiashvili endi Las-Vegasda bo‘lib o‘tadigan jahon chempionatida ishtirok eta olmaydi.
“Buyuk demokratik davlat, o‘z qoidalariga, o‘z mantig‘iga ko‘ra yashaydi. Ular barchani o‘rta asrlarga qaytarmoqchi bo‘layotgandek taassurot uyg‘onmoqda, johillar... Agar bu haqiqatan ham sport bilan bog‘liq bo‘lganda, kuchliroq bo‘ling va yuting deyilganda, qanday muammolar bo‘lishi mumkin edi? O‘ylaymanki, bu sport bilan bog‘liq emas”, deb aytmoqda Mamiashvili.
7-12 sentabr kunlari Las-Vegasda yunon-rim, ayollar va erkin kurash bo‘yicha jahon chempionati bo‘lib o‘tadi.
Avvalroq Rossiya sport kurashi federatsiyasi prezidenti va Birlashgan kurash olami (UWW) vide-prezidenti Mixail Mamiashviliga AQShga kirishga viza berish rad etilgani ma'lum qilingandi.