17:25 / 06.09.2015
3533

Saudiya boshchiligidagi koalitsiya samolyotlari Yaman poytaxtiga zarbalar berdi

Saudiya Arabistoni boshchiligidagi arab davlatlari koalitsiyasi harbiy havo kuchlari Yaman poytaxti Sanoga aviazarbalar berdi. Bu haqda AFP agentligi xabar berdi.
Aytilishicha, aviazarbalar xusiylarning “Ansorruloh” guruhi jangarilariga va sobiq prezident Ali Abdulla Solihga sodiq armiya qismlari nazorati ostidagi hududlarga berilgan. Asosan aslahaxonalar, shuningdek, isyonchilarning BAA va Saudiya elchixonalari oldidagi pozitsiyalari nishonga olingan.
Qurbonlar haqida ma'lumot yo‘q.

Top