Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shveytsariyadagi yirik avtohalokatda 41 kishi jarohat oldi
Shveytsariyaning markaziy qismida sayyohlik avtobusi ishtirokida yuz bergan yirik avtohalokatda 41 kishi, jumladan 10 nafar britaniyalik jarohat oldi. Bu haqda Press Association britan axborot agentligi ma'lum qildi.
“41 kishi jarohat oldi, ulardan 4 nafari jiddiy jarohatlangan. Sayyohlarni tashib yurgan avtobus Lyutsern shahri yaqinidagi A2 yo‘lida yana 5 ta mashina ishtirokidagi avtohalokatga uchradi”, deyilmoqda xabarda.
Ushbu xabarni Buyuk Britaniya Tashqi ishlar vazirligi ham tasdiqladi. Britan OAVlari noxush voqea 4 sentabr kuni yuz berganini va voqea joyiga ko‘p sonda tez tibbiy yordam mashinalari kelganini ma'lum qilganlar. Jiddiy jarohat olganlar shifoxonalarga vertolyotlarda yetkazilgan.
Britaniyalik sayyohlarni tashib yurgan Mercedes rusumidagi avtobus Janubiy Uelsdan Shimoliy Italiyadagi Komo ko‘liga 10 kunlik safar uyushtirgan va Buyuk Britaniyaga ortga qaytayotganda avariyaga uchragan. Uelsning Edwards kompaniyasi avtobusning egasi hisoblanadi.